Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Umidingni so'ndirma!
Kuchli bo‘lishni oldingizga maqsad qo'ymaguningizcha, qanchalik kuchli ekanligingizni hech qachon anglay olmaysiz.
Qalbim jasur, aqlim o'tkir, ruhim ozod bo‘lsin.
Kuchli ayol o‘zini himoya qilish bilan birga yaqinlarini ham asray oladi.
Sening doimo kuching bo‘lgan, faqat uni mustaqil boshqarishni o‘rganishing kerak.
Har kuni yoningda yuragingni sindirishlariga yo‘l qo‘yib bergandan ko‘ra, ketib o‘z qalbingni sindirganing afzal.
Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.
Doim kuchli bo'l, barchaga tabassum qilayotganingni ko‘rishga va o‘ylashga majbur qil.
Mabodo boshimni quyi solgudek bo‘lsam, tuflimni tomosha qilish uchungina shunday qilaman.
Kuchli ayol o‘z hayotini jilovlashni biladi. Ko‘zlarida yosh bilan \"Ha, men yaxshiman\" deyishga muvaffaq bo‘ladi.
Qichqirishing mumkin, yig‘lashing mumkin, asosiysi - taslim bo‘lma.
Ulkan muhabbat bizga kuch beradi hamda jasorat bag‘ishlaydi.
Meni qutqarishingni istamayman. O‘zimni qutqargunimcha yonimda turishingni istayman.
Tabassum qiling va hamma bilsinki, bugun siz avvalgidan ancha kuchliroqsiz.
Biz faqat bir marta yashaymiz, shuning uchun zo‘r bo‘lishga imkonimiz bor!
Men ko‘p istaydigan go‘zallik - bu erishish qiyin bo‘lgan go‘zallik: kuch, jasorat, qadr-qimmat.
Sen bir vaqtning o‘zida ham kuchli, ham qudratli, ham go‘zal bo‘lishing mumkin.
Bir vaqtning o‘zida ham yumshoq, ham kuchli bo‘lish - bu juda kam odamlar uddalaydigan kombinatsiya.
Kuchli ayol sevadi, kechiradi, voz kechadi, qo‘yib yuboradi, qayta urinadi va qaysarlik qiladi... Hayot unga nimani taqdim etishi muhim emas.
Avvalo, o‘z hayotingizning qurboni emas, qahramoni bo‘ling.
63 / 87