Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

G‘iybatchilar baxtsiz odamlardir. Bu ularning aybi emas, balosi! Ularning boshqa qiladigan ishi yo‘q...
Baxtsizlar orasida o‘zidan xafa bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Pul baxt keltirmaydi, lekin muhtojlarga yordam beradi.
Ahmoqlar eng baxtli odamlardir. Ularda o‘zlarini baxtsiz qilish uchun yetarli aql yo‘q.
Xayolan baxtsiz odam hayotda ham baxtsiz bo‘ladi.
Baxtli odamlar — o‘z taqdirining temirchisi, baxtsizlar esa — hayot temirxonasidagi bolg‘ayu sandon.
Birovning baxtini tortib olish bilan o‘zingniki ko‘payib qolmaydi.
Ko‘plab ayollarga ega bo‘lgan, ammo yagona ayoli bo‘lmagan erkak - baxtsizdir.
Boshqalarning fikri baxtsiz bo‘lish uchun sabab emas.
Baxtsizlikni ham, baxtli ham - inson o‘zi yaratadi.
Agar o'zingizni yolg‘iz his etsangiz, demak yomon davradasiz.
Baxtsiz bo‘lish qanchalik oson va baxtli bo‘lish qanchalik qiyin...
Baxtli odam baxtsiz odamga aql o‘rgatishi oson.
Tilanchidan minnatdorchilik kutma, chunki u tilangan ishni o‘ziga xizmat deb biladi.
Yaxshilikni hasad uyg‘otmaydigan darajada qilish bu san’atdir.
Tilanchi har doim o‘ziga tanga tashlagan odamga hasad qiladi.
Hech bo‘lmaganda, yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarmagan kishiga ham minnatdorchilik bildirish kerak.
Minnatli yaxshilikning kki yo‘li bor: savob ishni odam ajratib qilish va minnatdorchilik kutish.
Minnatdorchilik – eng subyektiv tuyg‘ulardan biridir. Har kim o‘zgani men uchun qilganidan ko‘ra, men u uchun ko‘proq ish qildim, deb o‘ylaydi va shuning uchun o‘zganing emas, o‘zining minnatdorchilikka loyiqroq ekaniga ishonadi. Shu sababli, u minnatdorchilik bildirish o‘rniga, minnatdorchilik kutadi.
Yaxshilik qilganda, noshukrlikka tayyor tur.