Imkoniyat

Imkoniyat mavzusida 121 ta aforizma.

Hayot to‘xtamaydi — inson ham unga hamohang ravishda doimo olg‘a yurishi kerak.
Xuddi ertaga o‘layotgandek yasha hamda abadiy yashaydigandek o‘rgan.
Agar baxtli hayot kechirishni istasangiz, uni odamlar yoki narsalarga emas, maqsadga bog‘lang.
Tasavvur qilishingiz mumkin bo‘lgan barchasi haqiqat.
Har bir lahza - bu yangi boshlanishdir.
Qiyinchiliklarga duch kelganimda, taslim bo‘lsam, hech nimani o‘zgarmasligini o‘zimga qayta-qayta eslataman.
Insonning maqsadlari amalga oshgan sari yuksalib boraveradi.
Inson o‘z hayotida hech qachon yangi sahifa yoza olmaydi, agar u doimo eski sahifalarni varaqlab, qayta-qayta o‘qiyversa.
Esingda bo‘lsin, hayot velosiped haydashga o‘xshaydi: agar qiyin bo‘lsa, demak, sen yuqoriga ko‘tarilishga harakat qilyapsan.
Bu yerda o‘zingizni noo‘rin tutmang — bu juda muhim masala, qolgan hammasi o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi. Kim kuchli bo‘lsa, eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.
Ko‘pchiligimiz uchun eng katta xavf – juda yuksak maqsad qo‘yib, unga erisha olmaslik emas, balki oddiy maqsadni ko‘zlab, unga yetishishdir.
Biror nimani qattiq istasang, butun koinot sening istaging amalga oshishiga yordam beradi.
Agar yaratgan senga yordam berishini istasang, avval o‘zing harakat qilishing kerak.
Eng og‘ir vaziyatlar ham insonga ich-ichidan yuksalish imkonini beradi.
Qiyinchiliklar oldida chekinma — ularga tik qara, yengmaguncha hushyorlikni qo'ldan boy berma!
Atrofdagilardan g‘azablangandan ko'ra, o‘zinizgda harakat qilish jasoratini topish — eng oqilona yo‘ldir.
Rohat bag‘ishlaydigan ish bilan shug‘ullanish — chin erkinlik demakdir.
Hech qachon o‘zing bilmagan ishni qilma, bilishing kerak bo‘lgan hamma narsani o‘rgan.
Qayerda zaruriyat bo‘lsa, o‘sha yerda imkoniyat bo'ladi.
Qimmatbaho toshni ishqalamay silliqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, inson ham yetarlicha mashaqqatli urinishlarsiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi.