Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Ko‘pchilik uch narsadan qo‘rqadi: ishonishdan, haqiqatni aytishdan va o‘zligicha qolishdan.
Qahramonlar ketsa, maydonga masxarabozlar chiqadi.
Endi biz osmonda qushlardek uchishni, suv ostida baliqlardek suzishni o‘rgandik. Ammo bizga hali bir narsa yetishmayapti — yerda odamlardek yashashni o‘rganish.
Odamlar \"mumkin emas\", \"qo‘limdan kelmaydi\", \"odobdan emas\" degan so‘zlar bilan o‘z atrofida devor quradilar. So‘ng esa o‘sha devor ortidan mo‘ralab, erkin yashayotgan insonlarga havas qilishadi.
Elakdan o‘tkazish bu — yo‘qotish emas.
Muhabbat va munosabatlar nafaqat jismoniy yaqinlik va iliq tuyg‘ular, balki o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadigan mashaqqatli mehnat hamdir.
Kimnidir sevsangiz, unga nisbatan yon bosib turishingizga to'g'ri keladi.
Ishonch o‘ladi, ishonchsizlik esa gullaydi.
Ishonch bo‘lmasa, muhabbat, do‘stlik, hayotning qadri ham bo‘lmaydi.
Ishonch yillar davomida quriladigan, ammo birgina xato bilan barbod bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuyg‘udir.
O‘zingizni ishongandek ko'rsating, lekin hech qachon va hech kimga ishonmang.
Hayot bir lahza — uni baxt bilan o‘tkaz.
Ko‘p narsani bilgan odam emas, o‘zini anglagan inson donishmanddir.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Bu dunyoda hech nima abadiy emas — na g‘am, na shodlik.
Pul baxt keltirmaydi, lekin muhtojlarga yordam beradi.
Baxtli odam baxtsiz odamga aql o‘rgatishi oson.
Xushomad - tillo suvi yugurtirilgan so‘zlar, uning ostida esa asl bo‘lmagan metallar yotadi.
Go‘zallikdan uzoq hayratga tushmaysan, noshukurlikdan esa bir umr hayratda qolasan.
Do‘stlar va qarindoshlar moliyani taqsimlashda bilinadi.