Dunyo

Dunyo mavzusida 59 ta aforizma.

Qancha o‘qiganingni aytma, qancha sayohat qilganingni ayt.
Sayohatni odamlar yaratmaydi - sayohat odamlarni yaratadi.
Sayohat qilishning foydasi shundaki, u tasavvuringizni voqelikka moslashtirishga imkon beradi. Shuningdek, hamma narsa qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylash o‘rniga, barcha narsani bor holida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Sayohatchi ko‘rganini ko‘radi, sayyoh ko‘rishni istaganini ko‘radi.
Sayyoh biror joyga kelishi bilan darhol orqaga qaytishni xohlay boshlaydi. Sayohatchi esa... U qaytib kelmasligi ham mumkin...
Sayohat qilish - bu boshqalarning boshqa mamlakatlar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini fosh qilish demakdir.
U yoki bu shaharga bo‘lgan muhabbat shaharning o‘ziga emas, balki unda boshdan kechirilgan his-tuyg‘ularga bog‘liq.
Sayohat ham xuddi nikoh kabidir. Asosiy yanglishish - bularni nazorat qila olaman deb o‘ylashdir.
Endi tushundimki, odamni yoqtirishing yoki yoqtirmasligingni bilishning eng to‘g‘ri yo‘li u bilan sayohat qilish ekan.
Sayohatlar biz ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarga qiziqishimizni emas, balki tark etayotgan narsamizdan charchaganimizni ko‘rsatadi.
Yashash majburiy emas. Sayohat qilish esa zaruriyatdir.
Sayohat, eng buyuk va jiddiy fan sifatida, bizga o‘z-o‘zimizni qaytadan anglashda yordam beradi.
Men qayergadir kelish uchun emas, bormoq uchun sayohat qilaman. Asosiysi - harakat.
Sayohat paytidagi hayot - bu sof ko‘rinishdagi orzu.
Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.
Oxirida qayerga borishing emas, balki bu yo‘lda seni qanday sarguzashtlar kutib olishi muhim.
Biz go‘zallikni topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz; uni o‘zimizda saqlamasak, u bizga o‘zini namoyon etmaydi.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
Kuzatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan sayyohni qanotsiz qushga o‘xshatish mumkin.
Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.