Baxt

Baxt mavzusida 121 ta aforizma.

Bola farishtadek pok, ochilgan guldek tarovatli.
Sen kim bo‘lishing menga noma’lum, ammo shuni bilamanki, sen men uchun bor-yo‘g‘im bo‘lasan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Optimizm baxt ohanrabosidir. Agar siz ijobiy kayfiyatingizni saqlab qolsangiz, yaxshi narsalar va yaxshi odamlar o‘z-o‘zidan sizga hamroh bo'ladi.
Baxt - bu tasodif emas, balki tanlov.
Shunday kun keladiki, atrofingga boqib, baxt aynan sen bilan birgaligini tushunib yetasan.
Endi eng baxtli lahzalar haqida o‘yla! Bu xuddi qanotlaring bordek gap.
Yaxshi fikrlaring bo‘lsa, ular quyosh nurlari singari yuzingda porlab turadi va sen doimo go‘zal ko‘rinasan.
Agar tabassumsiz odamni ko‘rsangiz, unga quvonch hadya eting.
Dunyoni quyosh nuri bilan to‘ldira oladigan yagona inson sen ekanligingni unutma.
Baxt - bu yo‘l, manzil emas.
Baxt - bu ba’zida mashaqqat talab qiladigan tanlov.
Har bir lahza quvonch va baxtga to‘la. Diqqat qilsangiz, buni anglaysiz.
Baxtli bo‘lishga qaror qiling va sizning quvonchingiz qiyinchiliklar bilan kurashda yengilmas qo‘shinga aylanadi.
Aqlli insonlarning baxti men bilgan eng noyob hodisadir.
Agar siz baxtni izlashda davom etsangiz, hech qachon baxtli bo‘lmaysiz. Agar siz hayotning ma’nosini izlasangiz, hech qachon mazmunli yashay olmaysiz.
Baxt ketidan quvishni to‘xtatib, shunchaki o'z baxtingizni anglang.
Hech kimga nasib etmagan baxtni baxt deb bo‘lmaydi.
O‘zingizni qadrlashni o‘rganing, bu esa o‘z baxtingiz uchun kurashishni anglatadi.
Muvaffaqiyat - bu siz xohlaganingzga erishish, baxt esa - siz erishmoqchi bo‘lganga intilishdir.