Baxt

Baxt mavzusida 121 ta aforizma.

Baxt — biz quvib yurganimizda uzoqlashadigan, to‘xtab qolganimizda esa oyog‘imizga tegib ketadigan shar kabidir.
O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishi baxtlidir.
Baxt — tashvishsiz va g‘amsiz hayot emas, balki qalbning xotirjamligidir.
Baxt — passivlik holati. Qanchalik baxtli bo‘lsak, obyektiv dunyoga nisbatan shunchalik sust bo‘lamiz. Qanchalik erkinlashib, aql-idrokka yaqinlashsak, baxtga bo‘lgan ehtiyojimiz shunchalik kamayadi.
Inson o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lgandagina haqiqiy qadr topadi.
Rohat bag‘ishlaydigan ish bilan shug‘ullanish — chin erkinlik demakdir.
Baxt, asosan, o‘z taqdiriga ko‘nikish va o‘z ahvolidan mamnun bo‘lishdan iboratdir.\n\n
Baxtsiz taqdilarrda ham baxtli bo'lish uchun yo'l topiladi.
Nima bo‘lsa ham uylan: xotining yaxshi bo‘lsa — baxtli bo‘lasan, yomon bo‘lsa — faylasufga aylanasan.
Baxtning siri — ko‘proq narsani izlashda emas, balki kamroq narsadan zavqlana olishni o‘rganishda.
Baxt — tushunish; katta baxt — sevish; haqiqiy baxt — sevish va sevilinganingni his qilish.
Baxt — tayyor osh emas. U siz qilgan ishlaringiz mevasi.
Baxt — bu tayyor narsa emas, u sening harakatlaring natijasidir.
Baxtsiz baxtli bo‘lishi mumkin, nomussiz - hech qachon!
Inson o‘zini nima baxtsiz qilayotganini bila turib, baribir o‘zini o‘zi baxtsiz qilaveradi.
Baxtsizlar orasida o‘zidan xafa bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Pul baxt keltirmaydi, lekin muhtojlarga yordam beradi.
Xayolan baxtsiz odam hayotda ham baxtsiz bo‘ladi.
Baxtli odamlar — o‘z taqdirining temirchisi, baxtsizlar esa — hayot temirxonasidagi bolg‘ayu sandon.
Birovning baxtini tortib olish bilan o‘zingniki ko‘payib qolmaydi.