Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Ayol
Ayol
Ayol mavzusida 56 ta aforizma.
Kichkinaligimda hech kim menga chiroyli ekanligimni aytmagan. Barcha qizaloqlarga chiroyli bo‘lmasa ham, go‘zal ekanliklarini aytish kerak.
Agar qiz bola yoshligida nihoyatda go‘zal bo‘lsa-yu, parishonxotir bo‘lib, hech narsani oxiriga yetkazmasa - go‘zallik tezda yo‘qoladi. Agar u juda kamtarona tashqi xususiyatlarga ega bo‘lsa-yu, lekin kuchli xarakterga ega bo‘lsa, yillar o‘tishi bilan jozibadorligi ortib boradi.
Xunuk ayollar bo‘lmaydi, dangasalari bo‘ladi.
Sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha go‘zalsan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Bir qiz yigirma yigitga teng.
Ayollarning chiroyli ko‘rinishi emas, mehribonligi muhabbatimni qozonadi.
O‘zimni yaxshilash yo‘llarini izladim va yaxshilik eng yaxshi usul ekanligini angladim.
Ayolning salomatligi uchun erkaklarning hayratli nigohlari kaloriya beradi.Dorilardan samaraliroqdir.
Kuchli ayol o‘zini himoya qilish bilan birga yaqinlarini ham asray oladi.
Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.
Doim kuchli bo'l, barchaga tabassum qilayotganingni ko‘rishga va o‘ylashga majbur qil.
Mabodo boshimni quyi solgudek bo‘lsam, tuflimni tomosha qilish uchungina shunday qilaman.
Kuchli ayol o‘z hayotini jilovlashni biladi. Ko‘zlarida yosh bilan \"Ha, men yaxshiman\" deyishga muvaffaq bo‘ladi.
Qichqirishing mumkin, yig‘lashing mumkin, asosiysi - taslim bo‘lma.
Men ko‘p istaydigan go‘zallik - bu erishish qiyin bo‘lgan go‘zallik: kuch, jasorat, qadr-qimmat.
3 / 3