Muvaffaqiyat

Muvaffaqiyat mavzusida 131 ta aforizma.

Biznes - shafqatsiz o‘yin. Bu yerda zaiflar yutqazadi.
Biznes - bu birovning cho‘ntagidan zo‘ravonliksiz pul undirish san’ati.
Kimningdir ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan biznes odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi; foyda olishga qaratilgan biznes kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga yuz tutadi.
Biz ishni boshlash uchun ilhomni kutishimiz emas, balki chaqirishimiz kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
Muvaffaqiyat qoshingizga kelmaydi. Unga erishish uchun olg'a qadam tashlashingiz kerak.
Narigi qirg‘oqqa o‘tish uchun jarlikdan o‘tish kerak. Mashaqqatli yo'ldan keyin rohat keladi.
Men hech qachon muvaffaqiyat haqida orzu qilmaganman. Men buning uchun ishladim.
Muvaffaqiyatga erisha olmaslik ham ba’zan katta omad ekanligini unutmang.
Muvaffaqiyat baxtning kaliti emas. Baxt esa muvaffaqiyatning eng muhim kalitidir. Qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqsa - albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
Paydo bo‘lgan istaklar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi kerak. Aks holda, barchasi nihoyasiga yetishi miumkin. Umr qisqa, hozirning o'zida istaklaringni amalga oshir!
Muvaffaqiyat hammasi zo'r degani emas, muvaffaqiyatsizlik hali intiho emas; faqat kurashni davom ettirish uchun jasorat kerak.
Qancha ko‘p qiyinchiliklarni yengsak, kelajagimiz mustahkam va barqaror bo'ladi.
Orzu qildim va ishondim. Rejalashtirdim va harakat qildim. Men buni uddaladim. Hammasi juda oddiy. Qalbingizga quloq soling. U siz o‘ylagandan ham ko‘prog'ini biladi. Unga ishoning va qalbingiz \"jizillagan\" ishni qiling.
Ertangi yutuqlarimizning asosi bugungi shubhalarimizdir.
Men omadga qattiq ishonaman. Men qancha ko‘p ishlasam, omadga yaqinlashib boraveraman.
Doimo quyoshga qarang - soyalar ortingizda bo‘ladi.
Muvaffaqiyatsizlik - bu yangidan boshlash imkoniyati, lekin yanada mukammalroq.
Bilishning o‘zi yetarli emas, bilimdan foydalanish kerak. Biror narsani xohlamoq kamlik qiladi, amalda qilish kerak.
Oxir-oqibat hammasi yaxshi bo‘ladi. Agar hozircha yaxshi bo‘lmasa, demak, bu hali oxiri emas.
Barcha orzularimiz ro‘yobga chiqishi mumkin, agar ularni amalga oshirishga jur’atimiz yetsa.