Motivatsiya

Motivatsiya mavzusida 187 ta aforizma.

Hayotdagi baxt - doimo oldinga intilishdir.
Oldinda bizni ortda qoldirayotganimizdan ko‘ra ancha yaxshi imkoniyatlar kutmoqda.
Agar siz buni uzoq vaqtdan beri xohlagan bo‘lsangiz, yil boshida qadam tashlashning ayni vaqti.
O‘zgarishlarning siri eskilikka qarshi kurash emas, yangilik yaratishga e’tibor qaratishdadir.
O‘zgarish - hayot qonuni. Kimki faqat o‘tmishga yoki faqat bugunga qarasa, shubhasiz, kelajakni o‘tkazib yuboradi.
Har qanday vaziyatda bizda ikkita tanlov bor: o‘sish uchun oldinga qadam tashlash yoki xavfsiz joyga qaytish.
Nimaga chin dildan ishonsang, o‘sha albatta mavjud bo'ladi.
Agar zerikmasangiz, mukammallikka erishish ancha oson.
\"Men buni qilishga tayyor emasman\" deb o‘ylashning o‘rniga, o‘zingizga: \"Men buni uddalayman va uddasidan chiqaman\" deb ayting.
Biror narsani qattiq xohlaganingizda, borliq sizning istagingiz amalga oshishiga yordam beradi.
Motivatsiya shaxsiy masala bo‘lib, qaysi so‘zlar yoki obrazlar qalbingizda aks sado berishini faqat o‘zingiz bilasiz.
Ba’zilar: \"Mening hayotim qiyin o'tyapti, chunki hayotim qiyinchilikdan iborat, deb o'ylaydi!\" Aslida esa buning aksi! Biz faqat yomon narsalarni o‘ylaganimiz uchun hayot qiyin ketyapti!
Rim bir kunda qurilgan emas. To‘laqonli, mazmunli hayot ham aynan shunday.
Qalbida muhabbati bo‘lgan inson o‘zining og‘ir va achchiq hayotidan quvonishga, uning mashaqqatlarini minnatdorchilik bilan o‘z yelkasida ko‘tarishga, har qanday musibatga qarshi kurashda bardosh berishga va barchasini yengib o‘tishga qodir.
Bilmagan narsangizdan qo‘rqmaslik kerak. Sizlar yosh bolaga o‘xshaysizlar - qorong‘ilikdan qo‘rqasizlar.
Paydo bo‘lgan istaklar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi kerak. Aks holda, barchasi nihoyasiga yetishi miumkin. Umr qisqa, hozirning o'zida istaklaringni amalga oshir!
Muhimi, sizni mag‘lub etishgani emas. Muhimi, siz qarshilik ko‘rsatdingiz!
Agar parvardigor senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.
Har bir vaziyatda ijobiy tomonlarni izlang. Musibat va xafagarchilikni ko‘rib, shukr qilish qiyin. Hayotingizda yoqimli, go‘zal va ilhomlantiruvchi baxtli lahzalarni topishga o‘zingizni majbur qiling. Yaxshi narsalarni o'ylang va atrofingizda sodir bo‘layotgan barcha ijobiy holatlarni seza boshlaydi. Nimani izlasangiz, o‘shani topasiz.
Muvaffaqiyat hammasi zo'r degani emas, muvaffaqiyatsizlik hali intiho emas; faqat kurashni davom ettirish uchun jasorat kerak.