Mehnat

Mehnat mavzusida 159 ta aforizma.

Boy bo‘lmoqchi bo‘lsang, hunar o‘rgan. Boylik vaqt o‘tishi bilan tugaydi, hunar esa yo‘qolmaydi.
Agar odamlar mahoratimni qanday mashaqqatli mehnat evaziga egallaganimni bilganlarida edi, ularning ko‘zlariga bunchalik ajoyib ko‘rinmasdi.
Ish bizni uchta katta balodan — zerikish, illatlar va muhtojlikdan xalos etadi.
Rohat bag‘ishlaydigan ish bilan shug‘ullanish — chin erkinlik demakdir.
Qimmatbaho toshni ishqalamay silliqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, inson ham yetarlicha mashaqqatli urinishlarsiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Maqsadingizga erishib bo‘lmaydigandek tuyulsa, uni o‘zgartirmang - harakat rejangizni o‘zgartiring.
O‘zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullaning! Shunda hayotingizda bir kun ham mehnat qilishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Mening burchim — ko‘p pul topish, undan ham ko‘proq pul topib, topgan pulimni vijdonim amri bilan vatandoshlarim manfaati yo‘lida ishlatishdir.
Qalbingda vijdon deb ataluvchi ilohiy olovning mayda uchqunlari so‘nmasligi uchun harakat qil.
Til ustida ishlash nihoyatda mashaqqatli mehnat talab etadi - ko‘rgan va ongingizda shakllanib ulgurgan narsalarni iloji boricha aniqroq ifodalashga intilish juda ko‘p kuch sarflashni taqozo qiladi.
Inson mehnati to‘liq ilm-fanga asoslanadi.
Mehnat barcha dardlarga shifodir.
Mehnat - bu insonning o‘z kuchi bilan biror narsa yaratishi.
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.
Hech qachon katta ishlar qiyinchiliklarsiz bo‘lmaydi.
Qat’iyatlilik - bu uzoq poyga emas, balki ketma-ket ko‘plab qisqa poygalardir.
Vaqtinchalik muvaffaqiyatga erishish mumkin, garchi sizda boshqa asosiy fazilatlar bo‘lmasa ham, lekin tirishqoqliksiz hech qanday yutuq bo‘lmaydi.
Nima qilsangiz ham, qo‘lingizdan kelganicha qiling! Ertalabdan kechgacha, yilning istalgan faslida, tosh ustida tosh qoldirmasdan, hozir qilish mumkin bo‘lgan ishni bir soat ham kechiktirmasdan ishlang.
Sabr-toqat, qat’iyat va mashaqqatli mehnat - bu muvaffaqiyatga erishish uchun yutqazmaydigan kombinatsiya.
Men qat’iyatga ishonaman. Qat’iyatli bo‘lsangiz, muvaffaqiyat o‘zini kuttirmaydi.\n\n