Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

O‘zingizni qanchalik yaxshi his qilsangiz hamda yuqori baholaysiz, maqsadlaringiz ham yuksak bo'lib,hayotda ko‘p narsaga erisha olasiz.
Nimaga chin dildan ishonsang, o‘sha mavjuddir.
Muvaffaqiyat baxtning kaliti emas. Baxt esa muvaffaqiyatning eng muhim kalitidir. Qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqsa - albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
Yaxshi imkoniyat osmondan tushmaydi, uni o'zimiz amalga oshiramiz, u qalbimizda mujassam.
Hayotdan nolimasdan shunchaki divandan turib, o‘z ustingda ishlashni boshlashing, maqsad qo‘ying va o‘zingizga ishoning. Shunday qilsangiz, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz.
Ko‘pincha shunday bo‘ladi, dunyodagi eng muhim ishlar aynan arzimagan vajsadan boshlanadi.
Kerakli ishni bajarishni boshlang. Keyin nima mumkin bo‘lsa, shuni qiling. To‘satdan imkonsiz ishni qilayotganingizni bilib qolasiz.
Agar ucha olmasang, yugur, agar yugura olmasang, yur, agar yura olmasang, emakla, lekin nima qilsang ham, oldinga intilishing kerak.
Hayotdagi baxt - doimo oldinga intilishdir.
Barchada qo'rquv hissi bir xil tarzda kechadi. Bittasi qo‘rquvdan o‘zini yo‘qotsa, ikkinchisi esa o‘zini qo‘lga oladi. Shuning uchun qo'rquvni yenga olish zarur. Qahramonlar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan.
Oldinda bizni ortda qoldirayotganimizdan ko‘ra ancha yaxshi imkoniyatlar kutmoqda.
Agar siz buni uzoq vaqtdan beri xohlagan bo‘lsangiz, yil boshida qadam tashlashning ayni vaqti.
O‘zgarishlarning siri eskilikka qarshi kurash emas, yangilik yaratishga e’tibor qaratishdadir.
O‘zgarish - hayot qonuni. Kimki faqat o‘tmishga yoki faqat bugunga qarasa, shubhasiz, kelajakni o‘tkazib yuboradi.
Har qanday vaziyatda bizda ikkita tanlov bor: o‘sish uchun oldinga qadam tashlash yoki xavfsiz joyga qaytish.
Dunyoni o‘zgartira olaman deb o‘ylaydigan darajada aqldan ozgan odamlar haqiqatan ham bunga qodir bo‘lgan odamlardir.
Bir umr bola bo‘lib qolishni istamasangiz, boshqalardan maslahat kutmang.O‘zingda yechim toping.
Nimaga chin dildan ishonsang, o‘sha albatta mavjud bo'ladi.
Hayotimizda cheksiz imkoniyatlar mavjud.Inson hech vaqosiz tug‘iladilar, lekin har kim cho‘qqiga chiqishi mumkin. Shuning uchun qo‘rqadigan hech nima yo‘q. Xavotirga o‘rin yo‘q. Haqiqat mana shunda.
Qo‘rquv doim aynan qo‘rqqan narsangizni o‘ziga tortadi. Agar hech narsadan qo‘rqmasangiz, hech kim bo‘lib qolasan. Eng yaxshisi - bu befarqlik.