Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Xotirjamlik va sabr — qalbning kuchidir.Bunday qudrat sohibi esa o‘zi istagan har bir narsaga erisha oladi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, yolg‘iz qolish — sevishning muhim shartidir.
Buyuk ishlarni amalga oshirish kerak, ularni cheksiz o‘ylash emas.
Hayot faqat o‘rganuvchilargagina ta’lim beradi.
O‘tmish xotiralari yoqimli bo‘lsagina o‘ylang.
Nima qilsangiz ham, yaxshi qiling.
Inson o‘z hayotida hech qachon yangi sahifa yoza olmaydi, agar u doimo eski sahifalarni varaqlab, qayta-qayta o‘qiyversa.
O‘z yo‘lini topish va hayotdagi o‘rnini anglash — inson uchun eng muhimidir; chunki bu insonning haqiqiy “o‘zi”ga ega bo'lishdir.
Hayotning maqsadi ko‘pchilik tarafida bo‘lish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonuniyatlaringga muvofiq yashashdir.
Bir soat vaqtini behuda sarflashga jur’at etgan odam hali hayot qadriga yetmagan bo‘ladi.
Uyqusizlik muammo emas. Asosiy muammo — ertalab uyg‘onganda nima uchun yashayotganini bilmaslik.
Hayotdagi eng katta g‘alaba — salbiy tafakkur ustidan g‘alaba qozonishdir.
Baxtli yashashning siri — bugundan boshlanadi.
Muammoni anglab yetish — muvaffaqiyatga erishishning kalitidir.
Biz odatlarimizning qulimiz. Odatlarni o‘zgartiring va hayotingiz o‘zgaradi.
Insonlarning eng yomoni — maqsadi yo'qlardir.
Dunyoda hammamiz bir-birimizga kerakmiz — o‘z yaqiningizni toping.
Qalb bir xil rangda, aql esa boshqa rangda bo‘lishi mumkin emas.
Hayotni tushunmoqchi bo‘lsang, aytilayotgan va yozilayotganlarga ko‘r-ko‘rona ishonma — kuzat va his qil.
Kimning tafakkuri halol va aqli o‘tkir bo‘lsa, o‘sha baxtlidir.