Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Idrok
Idrok
Idrok mavzusida 520 ta aforizma.
Kamtarlikda - xalqning ma’naviy qudrati va pokligi, maqtanchoqlikda - uning pastkashligi va aqli noqisligi yotadi.
Ko‘pchilik kamtarlikni zaiflik va qat’iyatsizlik sifatida qabul qiladi; yillar o'tib, odamlar xato fikr yuritganini anglasa, kamtarlik insonga joziba, kuch va hurmat bag‘ishlashini tushunadi.
Men soxta kamtarlikni fazilat deb hisoblamayman...
Qo‘lingdan kelmaydigan ishni qilishdan hech qachon qo‘rqma. Esingda bo‘lsin, kemani havaskorlar, professionallar \"Titanik\"ni yaratgan.
O‘z huquqini himoya qilishda kamtarlik ko'rsatish bu — xurrak otish kabi yomon.
Kamtarlik ko‘zga tashlanmasa, chiroylidir!
Hamma qo‘lyozmalar ham muqovaga tushish ishtiyoqida yonmaydi.
Kamtarlik - bu shunday dabdabali yashash san’atiki, buni ko‘rib hamma seni kambag‘al deb o‘ylaydi.
Kamtarlik - aqlning so‘nggi panohi.
O‘zingiz haqingizda indamay qo‘ya qolganingiz ma’qul, shunda boshqalar ham siz haqingizda yaxshi gap aytishadi.
Kamtar bo‘ling - bu atrofdagilarni g-azabiga uchramaydigan g‘ururning bir ko‘rinishidir.
Faxrlanishga arziydigan nimadur bo‘lsa, kamtar bo‘lish kerak. Hech nima bo‘lmasa ham kamtar bo‘lish afzal.
U kamtar odam edi va faqat birgina narsani xohlardi: olqishlar, qarsak chalinishlar yoki qarsakbozliklar bo‘lishini.
Kamtarlikning yo‘qligi aqlning yo‘qligidir.
Ulug‘lik - kamtarlikda, shuhrat - behudalikda.
Kamtarona hayot kechirish, agar bu o‘z tanlovingiz bo‘lsa, unda qahramonlik kamroq, biroq haqiqat ko‘proq bo‘ladi.
Ehtimol, kamtarroq bo‘lish kerakdir, lekin aftidan, bu safar emas...
Agar kamtarlik ko‘zga tashlansa, u zanjirdan uzilib ketmadimikan, tekshirib ko‘ring...
Uzoqni ko‘ra oladiganlar kamtar bo‘ladi.
Soxta yorug‘likda ko‘rinishdan ko‘ra, soyada qolish yaxshiroq.
10 / 26