Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Go‘zallik bizni umidsizlikka tushiradi, u bir lahzada yashaydigan abadiyatdir, biz esa uni to‘xtovsiz davom ettirishni istaymiz.
Yo‘limni yoritib, menga jasorat va mardlik baxsh etgan - ezgulik, go‘zallik va haqiqat edi.
Sizni nima ko‘proq jalb qilishi haqida bahslashish befoyda: bitta bargmi, poyaning tuzilishimi yoki gulning go‘zalligimi. Ildizga nazar soling va ochilgan gulning go‘zalligini qadrlay olasiz.
Oddiy narsalardagi go‘zallikni boshqalar ko‘rmaydigan joyda ilg‘ay oladigan kishi baxtlidir! Hamma narsa go‘zal, faqatgina sinchkovlik bilan qarashni o‘rganish kifoya.
Dunyoning barcha go‘zalligi bemalol bir insonning ongiga sig‘ishi mumkin.
Yomg‘irga qaramang. Rang-barang soyabonlar to‘dasiga e’tibor bering.
Sevimli bo‘lish uchun eng yaxshisi go‘zal bo‘lishdir. Lekin go‘zal bo‘lish uchun sevilish kerak.
20 yoshingizda tabiat ato etgan yuzingiz; 30 yoshingizda hayot shakllantirgan сhehrangiz; 50 yoshingizda esa o‘zingiz munosib bo‘lgan yuzingiz bo'ladi.
Haqiqiy go‘zallikda doimo nuqson bor.
Agar qiz bola yoshligida nihoyatda go‘zal bo‘lsa-yu, parishonxotir bo‘lib, hech narsani oxiriga yetkazmasa - go‘zallik tezda yo‘qoladi. Agar u juda kamtarona tashqi xususiyatlarga ega bo‘lsa-yu, lekin kuchli xarakterga ega bo‘lsa, yillar o‘tishi bilan jozibadorligi ortib boradi.
Go‘zallik - daholikning oliy shakli, ammo daholikdan farqli o‘laroq, u tasdiqlanishni talab etmaydi.
Go‘zallik dunyoni qutqaradi.
Sevgi tortishish qonunlarini ham yengadi.
Kimnidir sog‘inganingda, vaqt sekinroq o‘tayotgandek tuyuladi, birovga oshiq bo‘lib qolganingda esa, vaqt tezroq o‘tib ketayotgandek his qilasan.
Men boshqa birovni sevishdan oldin o‘zingizni sevishingiz kerakligi g‘oyasiga qat’iy ishonaman va bu eng ilhomlantiradigan munosabat deb o‘ylayman.
Ko‘pchilik siz bilan limuzinda ketishni xohlaydi, lekin limuzin buzilganda siz bilan avtobusda ketadigan odam kerak.
Sevgan odam o‘zi sevgan kishining taqdirini baham ko‘rishi lozim.
Bola farishtadek pok, ochilgan guldek tarovatli.
Bir qiz yigirma yigitga teng.
Har birimizning ichimizda dunyoni o‘zgartira oladigan kuch bor.