Harakat

Harakat mavzusida 134 ta aforizma.

Buyuk ishlarni amalga oshirish kerak, ularni cheksiz o‘ylash kerak emas.
Muvaffaqiyatli inson bo‘lishga emas, balki qadrli bo‘lishga intiling.
Kimda-kim orzu-umidlarga to‘la bo‘lsa, u allaqachon kelajakda yashaydi.
Har tong - hayotni yangidan boshlash vaqti.
Hayot, umuman olganda, faktlar va hodisalardan iborat emas. U asosan miyada doimo aylanib yuradigan fikrlar bo‘ronidan iborat.
Hayotning ma’nosi mavjud emas, uni o‘zim yaratishimga to‘g‘ri keladi.
Qo‘lingizdan kelishiga ishonsangiz bas, maqsadga oz qoldi.
Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, mag‘lubiyat halokatli emas. Faqat davom etish uchun jasorat kerak.
Harakat qilish qanchalik muhim ekanligidan hayratda qoldim. Bilmoqning o‘zi yetarli emas, bilimdan foydalanish kerak. Biror narsani xohlamoq kamlik qiladi, qilish kerak.
Biz faqat oldingi xatolarimizdan iborat emasmiz. O‘zimizni shunga ishontirishimiz kerak. Biz hali qilmagan ishlarimiz juda ko'p.
Nafrat, gunoh va hasaddan qoch! Orzuingni ko‘mishga yo‘l qo‘yma, uni haqiqatga aylantir. Olg'a intil va yasha.
Muammolar sizni orqaga itarishi uchun emas, balki orzular sari oldinga intilish kerak.
Motivatsiya o‘ta shaxsiy masala bo‘lib, qaysi so‘zlar yoki obrazlar qalbingizda akssado berishini faqat o‘zingiz bilasiz.
Qiyinchiliklar oldida chekinma. Ularning yuziga tik qara. Ulardan ustun kelmaguningcha qarab tur.Charlz
Hayot - dunyoda eng noyob tuhfa. Ko‘pchilikka faqat mavjudlik tanish.
Bu hayotda qanday yiqilishning ahamiyati yo‘q. Qanday ko‘tarilish muhim.
Yo arziydigan biror nima yoz yoki yozishga arziydigan biror nima qil.
Hayotda bir marta ham yiqilmaslik eng katta yutuq emas. Eng muhimi, har safar o‘rnidan turib ketishdir.
Sen genetikam yomon, moddalar almashinuvim yaxshi emas deyishing mumkin, lekin buning o‘rniga shunchaki divandan turib, o‘z ustingda ishlashni boshlashing, maqsad qo‘yib, o‘zingga ishonishing mumkin. Bunday holda sen, albatta, muvaffaqiyatga erishasan.
Har doim eng qiyin yo‘lni tanlang - unda siz raqobatchilarni uchratmaysiz.