Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Do'stlik
Do'stlik
Do'stlik mavzusida 105 ta aforizma.
Bu dunyoning barcha shon-shuhrati bitta yaxshi do‘stga arzimaydi.
Yaxshi do‘st bo‘lgan kishining ko‘plab yaxshi do‘stlari ko'p bo‘ladi.\n\n
Haqiqiy do‘st sen nohaq paytingda ham yoningda turadi. Sen haq bo‘lganingda esa, har kim sen bilan birga bo‘ladi.
Do‘stlarimiz uchun shunday ko‘p ishlar qilamizki, o‘zimiz uchun hech qachon qilmaymiz.
Aka do‘st bo‘lmasligi mumkin, ammo do‘st doimo birodardir.\n\n
Haqiqiy do‘st - qo‘lingizni ushlab turib, qalbingizni his eta oladigan insondir.
Do‘stlik - bu inson bilan shunchaki yaxshi bo‘lishlikdir.\n\n
Donishmandlikdan so‘ng insoniyatga in’om etilgan eng go‘zal tuhfa - bu do‘stlikdir.\n\n
Chin do‘stlik haqgo‘ylik va mardonalik asosidir.\n\n
Do‘stlikka qul ham, hukmdor ham kerak emas. Do‘stlik tenglikni yaxshi ko‘radi.
Do‘stlik barcha insonlar hayotiga uchraydi, ammo uni asrab qolish uchun ba’zida xafagarchilikni ham unutish kerak.
Sevgi bir tomonlama bo‘lishi mumkin, ammo do‘stlik hech qachon shunday bo‘lolmaydi.
Ishonchsizlik boshlangan yerda do‘stlik tugaydi.
Do‘stlik - insonning shaxsiy qadr-qimmati boshqalarda aks etishidir.
Muhabbat bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Do‘stlik esa - aslo.
Do‘stlik odamlarni muhabbatdan ko‘ra kuchliroq birlashtiradi.
Hayot davomida saqlab qolingan do‘stlik nafaqat uning yorqin tomonlariga tasalli va joziba qo‘shadi, balki qiyinchiliklarni ham yengillashtiradi.
Odamlar bilan shunday yashaginki, do‘stlaring dushmanga aylanmasin, dushmanlar esa do‘stga aylansin.
Do‘st uchun o‘lish uncha qiyin emas, lekin uning uchun o‘lishga arziydigan do‘stni topish qiyinroqdir.
Haqiqiy do‘stlik faqat bir-birining arzimas kamchiliklarini kechira oladigan insonlar orasidagina bo‘ladi.
5 / 6