Umar Xayyom

Aforizmlar (45)

Atrofga kulib boqing. Har bir inson siz bilan uchrashuvni bir in’om deb his etsin.
Biri atirgulning hidini ajrata olmaydi. Boshqasi achchiq o‘tlardan asal oladi. Kimgadir arzimas narsa bersang, umrbod eslab qoladi. Kimgadir butun umringni bersang ham, u tushunmaydi.
Ketayotganni ushlab olishga urinma. Kelayotganni itarib yuborma. Shunda baxt o‘zi seni topib oladi.
Xotini bor erkakni yo‘ldan ozdirish mumkin. Sevgilisi bor erkakni ham boshini aylantirish oson. Ammo sevimli ayoli bor erkakni yo‘ldan urish qiyin.
Chiroyli gapiradiganga ishonma, uning so‘zi o‘yindir. Sukut saqlab, xayrli ishlarni qiladiganga ishon!