Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Konfutsiy
Konfutsiy
Aforizmlar (38)
Hech qachon yiqilmagan buyuk bo'lmaydi, balki yiqilib turgan buyukdir.
Aslida, hayot oddiy, lekin biz uni murakkablashtiramiz.
Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.\n\n
Xato qilib, tuzatmagan odam yana xato qiladi.
O‘zini yenggan kishi eng buyuk jangchidir.
Farzandiga o‘z burchini bajarishni o‘rgatmagan ota qanchalik aybdor bo‘lsa, unga e’tiborsiz bo‘lgan o‘g‘il ham shunchalik aybdor bo‘ladi.
O‘ylamasdan o‘qish bekorchilik, lekin o‘qimasdan o‘ylash ham xatodir.
Qadimda odamlar o‘zlarini takomillashtirish maqsadida ilm olishardi. Bugungi kunda esa boshqalarni hayratga solish uchun o‘qishmoqda.
Eng dono va eng ahmoqlar ta’lim olishga moyil emaslar.
Ikki kishilik davrada ham, ulardan o‘rganadigan biror nima albatta topib olaman. Ularning fazilatlaridan o‘rnak olishga intilaman, kamchiliklarini esa o‘zimga saboq olaman.
Hech qachon yiqilmagan emas, balki yiqilib turib, yana oyoqqa turgan kishi buyukdir.
Qalbida quyosh porlayotgan kishi, eng bulutli kunda ham quyoshni ko‘ra oladi.
Aslida, hayot oddiy, lekin biz uni murakkablashtirib yuboramiz.
Qanchalik sekin yurishing emas, balki qancha vaqt to‘xtamasdan davom etishing muhim.
Hamma narsaning o‘ziga xos go‘zalligi bor, ammo uni har kim ham ko‘ra olmaydi.
Kelajak haqida nosog‘lom fikr yuritgan odamlar bugungi kunni unutadilar. Natijada na bugun, na ertangi kun uchun yashaydilar. Ular go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek umr kechiradilar. Ammo jon berganda, aslida umuman yashab o‘tmaganliklarini anglab yetadilar.
Ko‘nglingga yoqadigan ishni tanla! Shunda umring davomida bir kun ham ishlayotgandek bo‘lmaysan.
O‘zing istaganingdek yasha. O‘zgalarning fikri bilan hayot kechirma! Ularning yaxshi va yomon fikri ahamiyatga ega emas. Sababi hayotdan ko‘z yumsang, boshqalar uchun emas. O‘zing uchun javob berasan.
2 / 2