Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Kamtar odamni maqtash shart emas. Agar uning kayfiyatini buzgingiz kelsa... Marhamat!
Hamma qo‘lyozmalar ham muqovaga tushish ishtiyoqida yonmaydi.
Kamtarlik - bu shunday dabdabali yashash san’atiki, buni ko‘rib hamma seni kambag‘al deb o‘ylaydi.
Kamtarlik insonni bezaydi, ammo uni tanib bo‘lmaydigan darajada emas.
Agar kamtarlik ko‘zga tashlanmasa, uni namoyish qilishadi...
Fazilatlar kamtarlik qobig‘ida yorqinroq ko‘rinadi.
Bizning qo‘limizdan kelmaydigan ish yo‘q... Hali biz qilishga urinib ko‘rmagan narsalar bor...
Kamtarlik - aqlning so‘nggi panohi.
O‘zingiz haqingizda indamay qo‘ya qolganingiz ma’qul, shunda boshqalar ham siz haqingizda yaxshi gap aytishadi.
Maqtov ketidan quvishda eng yaxshi xo‘rak - kamtarlik.
Shuhratparastlik kimoshdi savdosida kamtarlik to‘pponchasidan o‘zingni otging keladi.
Tirik archa o‘zining kamtarligi bilan go‘zal...
Kamtarlik - ruhan kuchlilarning yutug'i.
Kamtar bo‘ling - bu atrofdagilarni g-azabiga uchramaydigan g‘ururning bir ko‘rinishidir.
Faxrlanishga arziydigan nimadur bo‘lsa, kamtar bo‘lish kerak. Hech nima bo‘lmasa ham kamtar bo‘lish afzal.
U kamtar odam edi va faqat birgina narsani xohlardi: olqishlar, qarsak chalinishlar yoki qarsakbozliklar bo‘lishini.
Kamtarlikning yo‘qligi aqlning yo‘qligidir.
Ulug‘lik - kamtarlikda, shuhrat - behudalikda.
Kamtarona hayot kechirish, agar bu o‘z tanlovingiz bo‘lsa, unda qahramonlik kamroq, biroq haqiqat ko‘proq bo‘ladi.
Ehtimol, kamtarroq bo‘lish kerakdir, lekin aftidan, bu safar emas...
22 / 126